YANGILIK VA MAQOLALAR

Prezident: Yangi Toshkentda ilk bor zamonaviy shaharsozlik va ilmiy yondashuvlarga asoslangan “aqlli” texnologiyalar joriy etiladi.

Eng zamonaviy ekologik transport tizimi yaratiladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uyg‘un harakatlanadi. Shu bilan birga, “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti to‘xtash joylari barpo etiladi.

Avtomobil harakati uchun Chirchiq va Qorasuv daryolari ustidan 14 ta zamonaviy tunnel va 7 ta ko‘prik quriladi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchi marta “uch avlod” stansiyasi quriladi. Ya’ni, elektr energiyasi shu stansiya orqali ishlab chiqariladi, binolar kuz-qish mavsumida isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer ostidan yotqiziladi.
Shuningdek, innovatsion texnologiyalar asosida 200 mingta yuqori maoshli ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.